Waste
Maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ommaviy shartnomalarga o‘zgartirish kiritildi

20 Oct

Maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ommaviy shartnomalarga o‘zgartirish kiritildi

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ommaviy shartnomalarga o'zgartirish kiritilganini va tashkilotning rasmiy veb sahifasiga joylashtirilganini ma'lum qilamiz. 

Amaldagi ommaviy shartnomaga muvofiq, 
- ko'rsatilgan xizmatlar uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan Iste’molchini SMS orqali xabardor qilib borish; 
- maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilganda yoki xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda belgilangan tartibda qayta xisob-kitob qilish;
- ommaviy shartnoma nusxasini xizmat koʻrsatiladigan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish
organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuborish belgilangan.