Waste

Cheklangan ma’lumotlar

west group

KONFIDENSIAL AXBOROTLAR SIRASIGA KIRITILGAN MA’LUMOTLAR RO‘YXATI

1Uyushma xodimlarining shaxsiy maʼlumotlari to‘g‘risidagi axborotlar, shuningdek, uning shaxsiy yig‘majildi. T-2 shaklidagi shaxsiy kartalari, mehnat daftaridagi yozuvlar (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno);
2Uyushma xodimlarining shaxsiga oid maʼlumotlar, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno);
3Axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan maʼlumotlar;
4Axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir maʼlumotlar;
5Axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar;
6Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasiga oid maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar rasmiy tarzda eʼlon qilingunga qadar.

XIZMAT SIRIGA TEGISHLI MA’LUMOTLAR RO‘YXATI

1Uyushmaning rasmiy yozishmalaridagi, ichki va tashqi buyruqlardagi maʼlumotlar, xizmat telefoni suhbatlari, pochta aloqalari, telegraf va boshqa elektron pochta tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar;
2Boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
3Xizmat uchrashuvlarining o‘tkazilishi, kun tartibi va natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (yig‘ilish boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan hollar bundan mustasno);
4Axborot texnologiyalarini muhofaza qilish tizimini tashkil etish, avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni himoya qilish uchun qo‘llaniladigan apparat va dasturiy taʼminot, asosiy maʼlumotlar, ularni qayd etish, saqlash, yuborish va yangilash tartibi to‘g‘risidagi hujjatlar;
5Moliya-xo‘jalik sohasida: vazirlikning birlamchi hisob hujjatlari, xodimlar ish haqi va ustamalari, buxgalteriya registrlari, moliyaviy hisobotlar;
6Xizmat doirasida foydalanish uchun chiqarilgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar;
7Uyushmaning, tumanlardagi bo'limlari va tizim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari;
8Uyushmaning vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan yozishmalari;
9Uyushma o‘z tizimida foydalanish maqsadida chiqarilgan barcha hujjatlar (buyruqlar, qarorlar, yo‘riqnomalar, topshiriqlar va shu kabi hujjatlar);
10Ijro qilish uchun yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan hujjatlar, topshiriqlar;
11O‘zbekiston Respublikasining ekologik og‘ir hududlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (xizmat doirasida foydalanishga oid);
12O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni saqlash va utilizatsiya qilish obyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (xizmat doirasida foydalanishga oid);
13Uyushma xodimlarining chet el xizmat safarlari to‘g‘risidagi maʼlumot va hisobotlari;
14Xalqaro loyihalarni (konvensiya, memorandum, shartnomalar va boshqalar) ishlab chiqish va kelishish to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
15Xizmat siriga tegishli bo‘lgan idoralararo ishchi guruhlar ishtirokchilari va maqsadlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda ularning hisobotlari;
16Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi va o‘tkazilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda xulosalari;