Waste

"Waste Group" — O‘zbekistondagi maishiy chiqindilarni boshqaruvchi uyushma

west group

"Waste Group" — bu O‘zbekiston Respublikasida maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida faoliyat yurituvchi uyushma bo‘lib, tarkibida sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashgan korxonalar jamlangan. Ushbu korxonalar aholining va turli tashkilotlarning maishiy chiqindilarini to‘plash, tashish va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uyushmasi — ya’ni Assotsiatsiya 2018-yil 13-iyul kuni davlat ro‘yxatidan o‘tgan (2022-yil 15-noyabrda Adliya organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Assotsiatsiya o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish maqsadida birgalikdagi harakatlarga asoslangan holda tashkil etilgan.

Assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari:

  • A’zolarning faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning umumiy mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish;
  • A’zolar tomonidan maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • A’zolar ishtirokida ko‘rgazma, yarmarka, taqdimot, biznes-forum, kooperatsion birja va boshqa tadbirlarni tashkil etishda yordam berish;
  • Investitsion, tijorat, ilmiy-texnik va iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
  • A’zolar manfaatlarini davlat boshqaruvi organlari hamda xalqaro maydonda himoya qilish;
  • O‘zaro to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini rivojlantirishga yordam berish;
  • Respublika miqyosida sanitariya holati va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Faoliyat yo‘nalishlari:

  • Ijtimoiy, moliyaviy va iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish;
  • Haqqoniy raqobat va samarali iqtisodiy muhitni yaratish;
  • Soha doirasidagi muammolar bo‘yicha axborot xizmati ko‘rsatish;
  • Ekologik toza va zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan muqobil energetika usullarini joriy etish;
  • A’zolar huquq va manfaatlarini davlat idoralari va boshqa tashkilotlar oldida ifodalash va himoya qilish;
  • Chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish xizmatlarini belgilangan standartlar asosida tashkil qilish;
  • Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida va to‘liq to‘lovni ta’minlash;
  • Moliyaviy xavflarni kamaytirish, xususan aholiga xizmat ko‘rsatishdagi muammolarni bartaraf etish;
  • Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish.