Biz bilan bog'laning
Biz bilan bog'laning
6-avgust
“Toza Makon” mobil ilovasi chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov jarayonini oson va qulayroq qiladi. Bu to‘lovlarning shaffofligini ta’minlaydi, chiqindilarni boshqarish sohasida korrupsiyaning oldini oladi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Ilova yordamida foydalanuvchilar joriy qarz, to‘lovlar tarixi, turar-joyda ro‘yxatdan o‘tganlar soni, kadastr raqami va ularning hududi uchun mas'ul bo‘lgan sanitar tozalash korxonasi haqida aniq va tushunarli ma'lumotlar olishlari mumkin. Bundan tashqari, ilova uyingizdan chiqmagan holda taklif va shikoyatlarni yuborish imkonini beradi. Buning uchun Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 1205 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kifoya. Ilovadan foydalanish uchun: – “App Store” yoki “Play Market”dan “Toza Makon” ilovasini yuklab oling. – Tilni tanlang va “Davom etish” tugmasini bosing. Tizimga kirish usullari: – “One ID” orqali – login va parolingizni kiriting, shundan so‘ng barcha ulangan kvartiralar tizimga avtomatik ravishda qo‘shiladi. – Shaxsiy hisob raqami orqali – 12 xonali shaxsiy hisob raqamini (sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan) va parolni kiriting. Agar parol bo‘lmasa, "Hisob yaratish" tugmasini bosing va parol u bog‘langan telefon raqamiga SMS xabarnoma orqali yuboriladi. Muhim! – Agar shaxsiy kabinetingizga bog‘langan telefon raqamini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, mahalliy sanitar tozalash bo'limiga murojaat qilishingiz kerak. – Ilovada xonadon to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan, kadastr raqami, yashovchilar ro‘yxati, tarif miqdori, mavjud qarzlik va mas’ul xizmat ko'rsatuvchi sanitar tozalash korxonasi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. “Toza Makon” mobil ilovasi yordamida chiqindi xizmati uchun toʻlovlarni boshqarish osonroq va qulayroq!