Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
Kontakt malumotlari
Toshkent sh., Chilonzor t., Bunyodkor ko‘chasi 7A
+0 (000) 0000 000
email@domain.com
Ish vaqti: Xar kuni: 09.00 dan 18.00 gacha, Yakshanba: dam olish kuni.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “World Zero-Waste day” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda keng jamoatchilik bilan birgalikda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.
Tadbir O‘zbekiston bo‘ylab joriy yilning 29-mart (shanba) kuni soat 10:00da start oladi.
“Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostidagi ekotadbirda Siz ham faol ishtirok eting! O‘zimiz va kelajak avlodga xizmat qiladigan Ona tabiatimiz tozaligi va obodligi uchun do‘stlaringiz, oilangiz bilan birgalikda safimizda bo‘ling!
Ekoaksiya quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
• Toshkent viloyati — Toshkent dengizi sohili bo‘yida;
• Toshkent shahri — Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” MFY, O‘zar ko‘chasi;
• Sirdaryo viloyati — Sirdaryo tumani, “Sholikor” MFY, Sirdaryo daryosi yoqasi;
• Jizzax viloyati — Jizzax-Guliston yo‘lining M-39 yo‘li bilan kesishgan joyi hududi;
• Samarqand viloyati — Samarqand shahri, Afrosiyob muzey hududi;
• Navoiy viloyati — Navoiy shahri, I. Karimov ko‘chasi, Istirohat bog‘i;
• Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘ining eski qal’a devori bilan tutash hududi;
• Surxondaryo viloyati — Termiz shahri, Amusohil oromgohi;