Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
Kontakt malumotlari
Toshkent sh., Chilonzor t., Bunyodkor ko‘chasi 7A
+0 (000) 0000 000
email@domain.com
Ish vaqti: Xar kuni: 09.00 dan 18.00 gacha, Yakshanba: dam olish kuni.
Olti hududda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Olti hududda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Olti hududda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Mazkur loyihalar Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida bosqichma-bosqich tadbiq etilishi nazarda tutilgan.
Bu borada joriy yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 116-son, 117-son va 118-son qarorlari qabul qilindi. Ularga ko‘ra, mazkur hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi.
Shuningdek, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “O‘zenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi.
Investor va loyiha 2025–2027 yillarda quyidagi miqdordagi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirishni taʼminlaydi.
Jumladan:
Namangan va Farg‘ona viloyatlarida umumiy qiymati 283 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilinmoqda. Loyihada kuniga 3 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 454 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida umumiy qiymati 300 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilgan. Kuniga 3 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 480 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Andijon va Toshkent viloyatida umumiy qiymati 350 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilinmoqda. Bu orqali kuniga 4 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 630 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Umumiylashtirish hisobda:
— 933 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etiladi;
— kuniga 10 ming tonna chiqindi qayta ishlanadi;
— yiliga 1 mrld 564 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
— 950-1 000 ta yangi ish o'rni yaratiladi
Maʼlumot uchun, avvalroq ushbu loyihalar bilan davlat rahbari tanishgani hamda yurtimizda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod qurilishi haqida xabar qilgan edik.
Mazkur loyihalar atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni poligonlarga joylash hajmini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Shuningdek, chiqindilarni yoqish jarayonida chiqadigan zararli moddalarning atmosferaga tarqalishini cheklash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy qilinadi.
Bu tashabbuslar “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga mos kelib, O‘zbekistonning ekologik barqarorligini ta’minlashga hamda kelajak avlod uchun toza va sog‘lom muhit yaratadi.